Jamiyat
Hafta oxirida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi.
Juma kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati +25…+30 daraja atrofida bo‘ladi. Shanba-yakshanba kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Harorat foni biroz pasayadi. Shanba kuni shimoli-g‘arbiy hududlarda va cho‘l zonasida, yakshanba kuni esa respublikaning barcha hududlari bo‘yicha kunduzgi havo harorati +20…+25 darajani tashkil etadi. Harorat kechalari +12…+17 daraja atrofida bo‘ladi.
Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida juma va shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +27…+29 daraja bo‘ladi.
Yakshanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, shamol 10−12 m/s tezlikda kuchayishida momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat kunduzi +21…+23 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +13…+15 daraja bo‘ladi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
112047
Jamiyat
94736
Jamiyat
90751
Jamiyat
75557
Jamiyat
//
Izoh yo‘q