Jamiyat
Qonunchilikka koʻra, davlat tibbiyot muassasalari faoliyatida yangi ish rejimi amaliyotga tatbiq etiladi. Unga asosan, muassasalarning asosiy ish faoliyati 5 kunlik ish haftasi asosida tashkil qilinadi.
Shu bilan birga, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishda uzilish boʻlmasligi uchun bayram va dam olish kunlarida navbatchilik tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bu orqali shifoxonalar va boshqa davlat tibbiyot muassasalari zarur holatlarda faoliyatini davom ettiradi.
Mazkur tartib tibbiyot muassasalarida ish jarayonini samarali tashkil etish, xodimlarning mehnat yukini maqbullashtirish hamda xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan. Shuningdek, bu oʻzgarish aholi uchun tibbiy yordam olish imkoniyatlarini cheklamasligi taʻkidlanmoqda.
Yangi tizimga koʻra, ish kunlari davomida davlat tibbiyot muassasalari odatiy tartibda faoliyat yuritadi. Dam olish va bayram kunlarida esa tibbiyot xodimlari maxsus navbatchilik jadvali asosida xizmat koʻrsatadi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
112146
Jamiyat
94830
Jamiyat
90885
Jamiyat
75677
Jamiyat
//
Izoh yo‘q