Oʻzbekistonda xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Saqlash
09:07 / 26.03.2026 32 0

Oʻzbekistonga investitsiyalarni oshirish maqsadida Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi. 25-mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev bu boradagi taqdimot bilan tanishdi.

 

Hisob-kitoblarga koʻra, 2030-yilgacha moliya markazi iqtisodiyotga qoʻshimcha 20-25 milliard dollar jalb qilish, yalpi ichki mahsulot oʻsishiga har yili qoʻshimcha 1 foizgacha hissa qoʻshish, 15 mingtagacha yangi yuqori malakali ish oʻrni yaratish, 10 ming nafar mutaxassis malakasini oshirishga xizmat qilishi mumkin.

 

Markaz faoliyati uchun maxsus huquqiy rejim joriy etish koʻzda tutilgan. Bunda Angliya va Uelsning umumiy huquqi markaz toʻgʻrisidagi qonunga zid boʻlmagan darajada tatbiq qilinadi, markazning boshqaruv organlari oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qabul qilish vakolatiga ega boʻladi.

 

Nizolarni koʻrib chiqishga ixtisoslashgan Toshkent xalqaro tijorat sudi va xalqaro arbitraj markazi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

 

Markaz rezidentlari uchun keg imkoniyatlar yaratiladi:

 

– kapitalning erkin harakati va repatriatsiyasi;

– erkin valuta operatsiyalari;

– zamonaviy toʻlov vositalari, jumladan, raqamli aktivlar bilan ishlash;

– imtiyozli soliq rejimi;

– soddalashtirilgan viza tartibi kabilar.

 

Moliya-investitsiya va bank faoliyati, sugʻurta, raqamli aktivlar, qimmatli qogʻozlar, toʻlov tizimlari va xizmatlari, moliyaviy texnologiyalar bilan bogʻliq xizmatlar markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//