Jamiyat
O‘zbekistonlik 11 yoshli Yasmina Husniddinova Britain’s Got Talent iste’dodlar shousida yurtimiz nomidan ishtirok etgan ilk qatnashchi bo‘ldi. Uning chiqishi aks etgan video 24-mart kuni loyihaning rasmiy YouTube kanalida e’lon qilindi.
Yosh vokalist sahnadagi debyuti uchun “Eng buyuk shoumen” (The Greatest Showman) filmidagi Never Enaugh kompozitsiyasini tanladi.
Yasminaning ijrosi ham tomoshabinlar, ham hakamlarning hayratiga sabab bo‘ldi. Hakamlar hay’ati a’zolari bunday yosh uchun xos bo‘lmagan vokal texnikasini alohida e’tirof etdi.

“[Ovoz] kuchi va nazorati shunchaki g‘ayritabiiy darajada edi. Tabriklayman!” — deya chiqishni izohladi hakam Amanda Xolden. Uning hamkasbi Alisha Dikson esa ijro dinamikasiga e’tibor qaratdi: “Sen sokin lahzalar va haqiqiy kuchli qismlar o‘rtasida yaratgan kontrast menga juda yoqdi. Bu juda oqilona qaror bo‘ldi, chunki boshida hammasi nafis edi, keyin esa ovozingni shunchalik go‘zal namoyish eta boshladingki, qo‘shiq oxiriga kelib shunchaki „parvoz qilding”.
Hakamlar hay’atining boshqa a’zolari, jumladan, KSI ham Yasminaning murakkab yuqori notalarni qanchalik uzoq ushlab tura olishiga qoyil qolganlarini bildirdi. Yakunda Yasmina to‘rtta “ha” javobini oldi.
O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi Yasmina Britain’s Got Talent shousida chiqish qilgan ilk o‘zbekistonlik ishtirokchi bo‘lganini ma’lum qildi va vatandoshlarni uni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
112146
Jamiyat
94830
Jamiyat
90885
Jamiyat
75677
Jamiyat
//
Izoh yo‘q