Jamiyat
O‘zbekistonda “Yashil makon” umummilliy loyihasida ishtirok etayotgan fuqarolar va biznes vakillarini rag‘batlantirish tizimini joriy etiladi.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Javohir Musayevning so‘zlariga ko‘ra, loyiha ishtirokchilari uchun ko‘kalamzorlashtirishga qo‘shgan hissasiga qarab maxsus maqomlar berish ko‘zda tutilgan.
“Misol uchun, 100 tup daraxt ekkan yoki „yashil“ xayriya jamg‘armasiga 10 mln so‘m xayriya qilgan fuqarolarga „ekofaol fuqaro“ maqomi beriladi”, dedi u.
1000 tup daraxt ekkan yoki jamg‘armaga tegishli miqdorda mablag‘ o‘tkazgan tadbirkorlarga esa “ekohamkor” maqomi beriladi.
Uning ta’kidlashicha, o‘z mablag‘lari hisobidan 5 mlrd so‘m xayriya qilgan yoki 5000 ga yaqin ko‘chat ekkan hamda bog‘lar tashkil etishda faol ishtirok etgan fuqarolarga “metsenat” maqomi beriladi.
Bundan tashqari, eng faol ishtirokchilar uchun davlat mukofoti ham ko‘zda tutilgan.
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘z mablag‘lari hisobidan kamida beshta yashil bog‘ tashkil etishda faol ishtirok etgan fuqarolarni „Kelajak bunyodkori“ davlat mukofoti bilan taqdirlash ko‘zda tutilmoqda”, deya qo‘shimcha qildi qo‘mita vakili. Taqdimotda havo ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ham namoyish etildi.
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112039
Jamiyat
94727
Jamiyat
90739
Jamiyat
75547
Jamiyat
//
Izoh yo‘q