Jamiyat
Toshkent viloyatida 2026-yil 1-apreldan boshlab maishiy chiqindi xizmatlari uchun to‘lov tariflari oshiriladi.
Qarorga ko‘ra, ayni paytda Toshkent viloyatida bir kishi uchun oylik chiqindi to‘lovi QQS bilan birga 7 840 so‘mni tashkil etadi. Uni 10 864 so‘m etib belgilash taklif etildi. Yuridik shaxslar uchun bu to‘lov 82 880 so‘mdan 97 316 so‘mga oshiriladi.
Endi 1 tonna qattiq maishiy chiqindini yuridik va jismoniy shaxslardan olib chiqib ketganlik hamda uni chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi yoki chiqindi poligonlariga yetkazib berganlik uchun sanitar tozalash korxonalariga to‘lov 482 842,08 so‘mni (QQS bilan), 1 m3 qattiq maishiy chiqindini yuridik va jismoniy shaxslardan olib chiqib ketganlik hamda uni chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi yoki chiqindi poligonlariga yetkazib berganlik uchun sanitar tozalash korxonalariga to‘lov esa 215 250,56 so‘mni (QQS bilan) tashkil etadi.
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
112450
Jamiyat
95114
Jamiyat
91345
Jamiyat
76033
Jamiyat
//
Izoh yo‘q