Jamiyat
2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga qariyb 1,77 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, deb xabar berdi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.
Ma’lumot berilishicha, 2025-yilning mos davriga nisbatan tashrif buyuruvchilar soni 441 ming kishiga yoki 33 foizga oshgan.
Sayyohlarning asosiy oqimini an’anaviy tarzda qo‘shni mamlakatlar ta’minlagan. Tashriflar soni bo‘yicha Qirg‘iziston 1-o‘rinda — 521 mingdan ortiq kishi. Keyingi o‘rinlarni Tojikiston (469 ming) va Qozog‘iston (386 ming) egallagan.
Shuningdek, tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha o‘ntalikka Rossiya (123 ming), Afg‘oniston (83 ming), Turkmaniston (51 ming), Xitoy (49 ming), Turkiya (24 ming), Hindiston (9 ming) va Janubiy Koreya (5 ming) kirgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
112146
Jamiyat
94830
Jamiyat
90885
Jamiyat
75677
Jamiyat
//
Izoh yo‘q