Jamiyat
Migratsiya agentligi va Yaponiyaning “Proud Partners” kompaniyasi oʻzbekistonliklarni haydovchilik sohasida ishga taklif qilmoqda.
Nomzodlar uchun asosiy talab sifatida 2026-yil aprel oyida boshlanadigan Toshkent viloyati Angren shahridagi 8 oylik bepul oʻquv kurslarida ishtirok etishga tayyorlik koʻrsatilgan. Kurs davomida oʻquvchilar bepul yotoqxona bilan taʼminlanishi qayd etilgan.
200 ta yuk yetkazib beruvchi haydovchi uchun taklif qilinayotgan ish oʻrinlari Yaponiyada boʻlib, tanlov oʻtkazuvchi tashkilot “Proud Partners” kompaniyasi 30-martdan 3-aprelgacha onlayn suhbat asosida nomzodlarni saralab oladi.
Tanlovda BC (C toifani olganiga 3 yil boʻlgan) toifadagi haydovchilik guvohnomasi bor, 21-35 yosh oraligʻidagi haydovchilar tegishli “Rozilik xati” shartlariga rozilik bildirach ishtirok etishi mumkin.
1200-2000 AQSh dollarigacha (koʻtarilishi ham mumkin) oylik maoshni taklif qilayotgan ushbu tanlovda yapon tilini biladiganlarga ustunlik beriladi.
Belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlangan soatlarda yanada yuqori daromad olish imkoniyati mavjudligi qayd etilgan. Shuningdek, ish unumdorligiga qarab yiliga 2 marta moddiy ragʻbatlantirish va aviabilet xarajatlarini qoplanash, ishchi vizani rasmiylashtirib (xarajat kompensatsiya qilinadi), tibbiy va ijtimoiy sugʻurta bilan taʼminlash ham koʻzda tutilgan.
Ish jadvali - smenali boʻlib, ish beruvchi kompaniyaga qarab farq qiladi.
Ishchilar ish beruvchi tomonidan ish haqidan ushlab qolish evaziga (oʻrtacha 200 AQSH dollari) turar joy bilan ta'minlanadi.
Nomzodlar Migratsiya agentligining Xorijda ish platformasidan roʻyxatdan oʻtishi talab etiladi. Talablarga mos keladiganlarga Migratsiya agentligi xodimi bogʻlanib, sms yuboriladi.
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Madaniyat
Jahon
112032
Jamiyat
94721
Jamiyat
90732
Jamiyat
75541
Jamiyat
//
Izoh yo‘q