Madaniyat
Bugun, 24 mart kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oysha Jo‘rayeva 79 yoshida, o‘zining tug‘ilgan kunida vafot etdi. Bu haqda nabirasi Gulsanam Abdulohunova xabar berdi.
Taniqli o‘zbek aktrisasi 1947-yilning 24-martida Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida dunyoga kelgan va o‘z faoliyatini Qo‘qon teatrida boshlagan. Uning turmush o‘rtog‘i ham san’atkor bo‘lgan. Oysha Jo‘rayeva ijrosida yaratilgan aktrisalik obrazlari tabiiyligi bilan ajralib turadi. Shu orqali u tomoshabinlar qalbidan joy olgan. U o‘z faoliyati davomida “Meros”, “Jumboq”, “Toliqqan ko‘ngillar”, “Armonli dunyo”, “Burch”, “Jasur”, “Narigi sohilda qolgan bolalik”, “Suv yoqalab”, “Maysaraning ishi”, “Qabrdagi xazina” va boshqa filmlarda rol ijro etgan va xalqqa tanilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112249
Jamiyat
94928
Jamiyat
91030
Jamiyat
75802
Jamiyat
//
Izoh yo‘q