Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Saqlash
09:47 / 23.03.2026 12 0

O‘zgidromet 28-martgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26- va 28-martda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda esadi.

 

Harorat kechasi 23–27-martda +7– +12° iliq, 24–26-martda +8– +13° iliq, 27-28-martda +10– +15° iliq, kunduzi 27- martda +20– +25° iliq, 23–26-martda +22– +27° iliq, 28-martda +18– +23° iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24-25-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 23- va 26–28-martda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda esadi.

 

Harorat kechasi 23-28 martda 10-15° iliq, kunduzi 27-28 martda +20– +25° iliq, 23–26-martda +23– +28° iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24–26-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 23- va 27–28-martda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi.

 

Harorat kechasi 23–26-martda +7– +12° iliq, 27-28-martda +10– +15° iliq, kunduzi 23- va 28-martda +20– +25° iliq, 24–27-martda +22– +27° iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 23- va 27-martda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 24–26- va 28-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda esadi.

 

Harorat kechasi +10– +15° iliq, kunduzi 28-martda +20– +25° iliq, 23–27-martda +23– +28° iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, faqat 23- va 27-28-martda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 5–10 m/s tezlikda esadi.

 

Harorat kechasi 23–26-martda +7– +12° iliq, 27-28-martda +10– +15° iliq, kunduzi 23-24- va 28-martda +20– +25° iliq, 25–27-martda +22– +27° iliq bo‘ladi.

 

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, faqat 24-25-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda esadi.

 

Harorat kechasi 23–28-martda +3– +8° iliq bo‘ladi, kunduzi 23–28-martda +14– +19° iliqqacha ko‘tariladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//