Dunyodagi eng go‘zal joylar ro‘yxatiga O‘zbekiston ham kiritildi

Saqlash
11:37 / 20.03.2026 55 0

“Time Out” jurnali ushbu yil uchun dunyodagi eng go‘zal 51 ta joy ro‘yxatini e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, ro‘yxat subyektiv bo‘lsa-da, har bir o‘rinni baholash haqiqiy tajribaga asoslangan.

 

Ispaniya shimolidagi Pikos-de-Yevropa tog‘ tizmasi dunyoning eng go‘zal joyi deb topildi. “Ushbu ro‘yxatdagi har bir plyaj, ko‘l, shahar va vodiy bizning sayohatchi-mualliflar tarmog‘imiz tomonidan tekshirildi. Bir so‘z bilan aytganda, ularning barchasi sayohat qilishga va ularni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishga arziydi”, deyiladi xabarda.

 

Hike the Picos de Europa: The Hotels Edition | Much Better Adventures

 

Indoneziyadagi “Komodo National Park” va AQSHning Nyu-York shahridagi “Morgan Library and Museum” kutubxonasi keyingi o‘rindan joy olgan.

 

Shuningdek, Portugaliyadagi “Douro Valley”, AQSHdagi “Big Sur” sohil hududi, Angliyadagi “Ullswater” ko‘li ham ro‘yxatga kiritilgan. Italiyaning Bolonya shahridagi tarixiy markazi va Sardiniyadagi “Capo Testa” yarimoroli kabi manzillar esa 2026-yilda ilk bor reytingda o‘rin egalladi.

 

Qayd etilishicha, ro‘yxatda O‘zbekiston ham bo‘lib, Samarqand shahridagi Registon maydoni dunyoning eng go‘zal manzillaridan biri sifatida tan olingan. U 47-o‘rinni egallagan. Madrasalar, naqshinkor gumbazlar va me’moriy majmualar esa alohida ta’kidlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//