Jamiyat
Navroʻz bayrami va Ramazon hayiti arafasida Toshkent shahridan hududlarga yoʻlovchilar uchun qoʻshimcha avtobus qatnovlari tashkil etildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.
Maʻlum qilinishicha, “Toshkent” avtovokzalidan amaldagi reyslardan tashqari har kuni shaharlararo yoʻnalishlarda 70 dan ortiq qoʻshimcha avtobuslar harakatlanmoqda.
Qatnovlar Zomin, Samarqand, Jarqoʻrgʻon, Buxoro, Qorakoʻl, Mirbozor, Navoiy, Joʻsh, Nurota, Zarmitan, Zarafshon, Xatirchi, Qiziltepa, Konimex, Uchquduq, Kadan, Payariq, Shahrisabz, Qarshi, Gʻuzor, Sherobod, Termiz, Denov, Uzun, Urganch, Xiva, Gurlan, Toʻrtkoʻl va Nukus shaharlariga amalga oshirilmoqda.
Vazirlik maʻlumotiga koʻra, bayram munosabati bilan eʻlon qilingan qoʻshimcha dam olish kunlarida yoʻlovchilar oqimi oshishini inobatga olib, qoʻshimcha reyslar talabdan kelib chiqqan holda uzluksiz ravishda tashkil etiladi.
Shuningdek, jarayonlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish maqsadida Transport vaziri topshirigʻiga asosan “Toshkent” avtovokzalida tezkor shtab tashkil etilgan.
Qatnov jadvali va chipta narxlari bilan avtovokzalning rasmiy sahifalari orqali tanishish mumkin. Chiptalarni avtovokzal kassalarida hamda UzBus mobil ilovasi orqali onlayn xarid qilish mumkin.
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
112450
Jamiyat
95114
Jamiyat
91345
Jamiyat
76033
Jamiyat
//
Izoh yo‘q