“El-yurtimizning fidokorona mehnati bilan bugun orzu-niyatlarimiz roʻyobga chiqdi” – Shavkat Mirziyoyev

Saqlash
15:27 / 19.03.2026 29 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida qaytadan bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi.

 

Ziyoratgohning qoq markazidan buyuk hadis ilmi mutaffakkiri boʻlgan bobomizning tabarruk maqbarasi oʻrin olgan.

 

Davlat rahbari maqbarani ziyorat qildi. Qurʻon tilovat etilib, duo oʻqildi.

 

 

“Muborak Ramazon hayiti arafasida buyuk vatandoshimiz, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hazratlarining ruhi poklariga yana bir bor hurmat-ehtirom bajo keltirmoqdamiz. Buxoriy bobomiz Qurʻoni karimdan keyingi eng moʻtabar manba boʻlgan hadislar kitobini yaratib, butun islom olamida shuhrat qozongan ulugʻ siymodir. Muqaddas zaminimiz dunyoga mana shunday mashhur allomani bergani bilan har qancha faxrlansak, arziydi.

 

El-yurtimizning fidokorona mehnati bilan bugun orzu-niyatlarimiz roʻyobga chiqdi. Bu betakror ziyoratgohni Imom Buxoriy bobomizning olamshumul mavqeiga, yuksak maqomiga munosib darajada bunyod etishga muyassar boʻldik. Mana shunday tabarruk maskan barchamizga muborak boʻlsin”, dedi davlat rahbari.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//