Jamiyat
Oʻzbekistonda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qogʻozdan foydalanishni qisqartirish choralari kuchaytiriladi. Bu haqda 18-mart kuni qabul qilingan hukumat qarorida belgilangan, deya xabar bergan Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.
Qarorga koʻra, 2026-yil 1-iyunga qadar ishlatilgan qogʻozlarni yigʻish uchun maxsus chiqindi quti (konteyner)lari tashkil etilib, ularni qayta ishlash korxonalariga yetkazish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, har bir tarkibiy boʻlinmadagi xodimlar soni, ish hajmi va haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda qogʻoz sarfiga cheklovlar joriy etiladi.
2026-yil 1-maydan boshlab esa respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida kelgusi 5-yilda xarajatlar smetasini tuzish jarayonida qogʻoz, siyoh, printer va nusxa koʻchirish uskunalarini xarid qilish xarajatlari miqdori har yili 15 foizga kamaytirilgan holda rejalashtiriladi.
Shu bilan birga, printerlardan markazlashgan holda umumiy foydalanish tizimi joriy etiladi. Bunda umumiy foydalanishdagi ochiq ofisda faoliyat yurituvchi har 20 nafar xodim uchun 1 dona printer ajratiladi.
Qarorga muvofiq, har oyda bir marta “Qogʻozsiz bir kun” ekoaksiyasi oʻtkazilishi ham belgilangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111940
Jamiyat
94697
Jamiyat
90700
Jamiyat
75445
Jamiyat
//
Izoh yo‘q