Jamiyat
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navroʻz bayrami va Ramazon hayiti arafasida jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʻiy oʻtgan 392 nafar shaxsni afv etish toʻgʻrisida farmon imzoladi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Afv etilgan shaxslarning 223 nafari asosiy jazodan toʻliq ozod etildi, 82 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 34 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi.
Shuningdek, 53 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 3 nafarini chet el fuqarolari, 26 nafarini ayol, 14 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 166 nafarini yoshlar hamda 24 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
“Ularni oilasi va yaqinlari bagʻriga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyib, jamiyatda munosib oʻrin topishlari uchun ularga koʻmak berish boʻyicha masʻul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112208
Jamiyat
94885
Jamiyat
90974
Jamiyat
75753
Jamiyat
//
Izoh yo‘q