Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yil 20-mart, juma kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.
Qayd qilinishicha, 20, 21 va 22-mart kunlari barcha uchun dam olish kuni bo‘ladi.
23-mart, dushanba kuni esa – haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun dam, 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni.
Shuningdek, bayram kunlarida aholi o‘rtasida mehr-oqibat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan madaniy-ma’rifiy hamda xayriya tadbirlari tashkil etiladi. Turizm qo‘mitasi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlar uchun mo‘tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni yo‘lga qo‘yish, buning uchun qulay sharoitlar yaratish choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga bayram tadbirlarini keng yoritish tavsiya etildi. Qaror ijrosini nazorat qilish bosh vazir Abdulla Aripov hamda prezident maslahatchisi Sardor Umurzakov zimmasiga yuklatilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112159
Jamiyat
94843
Jamiyat
90913
Jamiyat
75696
Jamiyat
//
Izoh yo‘q