Endi har yili “O‘zbekistonda ochiq turizm mavsumi” e’lon qilinadi

Saqlash
17:50 / 18.03.2026 18 0

Samarqandda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda turizm sohasidagi vazifalar ham belgilab berildi.

 

Xalqaro turizm bozoridagi noaniqlik holatida O‘zbekistonni xavfsiz turistik yo‘nalish sifatida targ‘ib qilish bo‘yicha katta kampaniya boshlanishi ta’kidlandi.

 

Aytilishicha, bu jarayonda turizm uchun eng qulay davr bo‘lgan aprel-iyun oylari bo‘yicha alohida dastur tayyorlanib, “O‘zbekistonda ochiq turizm mavsumi” e’lon qilinadi.

 

Ushbu muddat davomida aviakompaniyalarga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yib, olib kelingan har bir xorijiy sayyoh uchun 100 dollardan subsidiya beriladi.

 

Bunday aviakompaniyalarga aeroport xizmatlari uchun 20 foiz chegirma taqdim qilinadi.

 

Yig‘ilishda mahalliy turoperatorlar uchun ham yangiliklar e’lon qilindi. Xususan, 1-apreldan boshlab turoperatorlarga uch oy davomida jalb qilingan 1 ming xorijiy turist uchun budjetdan 5 ming dollargacha subsidiya beriladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining yarmi “keshbek” sifatida qaytariladi.

 

Shuningdek, jtimoiy tarmoqlarda 5 milliondan ortiq kuzatuvchisi bo‘lgan 50 ta xorijiy blogerga O‘zbekistonga kelishi uchun yetti kunlik bepul turpaket taqdim etiladi.

 

Dunyodagi eng yirik onlayn sayyohlik platformalarida O‘zbekistonga sayohat targ‘iboti bilan bog‘liq xarajatlar ham qoplab beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//