Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Samarqandga tashrif buyurdi. Davlat rahbari viloyatga tashrifini Samarqand shahridagi Yoshlar kreativ parki bilan tanishishdan boshladi.
Qayd etilishicha, Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatda har yili 16 million tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. Joriy yil bahorgi mavsumda ham 6,3 million tup mevali va manzarali daraxt, buta ko‘chatlari o‘tqazish rejalashtirilib, ayni paytda viloyatning barcha hududlarida bu jarayon davom etmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan sobiq harbiy gospital o‘rnidagi 5,4 gektar maydonda ham 70 milliard so‘mdan ortiq homiylik mablag‘lari hisobidan Yoshlar kreativ shaharchasi va jamoat bog‘i tashkil etildi.
.png)
Bu yerda madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga olingan 5 ta bino va inshoot bo‘lib, endilikda ulardan yoshlar uchun zamonaviy va raqamli kutubxona, ko‘p tarmoqli o‘quv markazi, kreativ to‘garaklar, sun’iy intellekt, 3D modellashtirish, robototexnika va kibersport o‘yinlari markazlari sifatida foydalaniladi.
Prezident dastlab “Profi deutsch” nemis tilini o‘qitish va imtihon markazi faoliyati bilan tanishdi. Ushbu loyihaning muhim jihati “Telc” imtihon markazi Markaziy Osiyoda ilk bor Samarqand shahrida ish boshlayapti. Markazda yoshlar nemis tilini o‘rganib, xalqaro “Telc” sertifikatini oladi. Sertifikat sohiblari Germaniyada dual kasbiy ta’limda o‘qishini davom ettiradi, bandligi ta’minlanadi. Joriy yilda bunday imtihon markazini mamlakatning yana beshta hududida ochish rejalashtirilgan.
Davlat rahbariga “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi. Loyiha doirasida 8-11-sinf o‘quvchilariga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillar chuqur o‘rgatiladi. O‘quvni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga maxsus sertifikat beriladi.
.png)
Prezident yoshlar bilan muloqot qildi, ularning loyihalari bilan tanishdi. Jumladan, “Zamin” xalqaro jamoat fondi tomonidan amalga oshirilayotgan “Eco-schools Uzbekistan” loyihasida ishtirok etayotgan yosh ekofaollar 2026-yil uchun rejalari haqida so‘zlab berdilar.
– Yangi O‘zbekistonda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonalarni barpo etyapmiz, yuqori daromadli ish joylari ochilyapti. Biz buni sizlarga – bilimli yoshlarga ishonib qilyapmiz. Buning uchun har daqiqangiz kelajagingiz uchun xizmat qilsin, do‘stingiz kitob bo‘lsin. Biror bilimni chuqur egallash va to‘g‘ri yo‘lni topish uchun insonga diqqat, sabr-toqat, ishtiyoq kerak. Mana shu ishtiyoqingiz so‘nmasin. Sizlar berayotgan takliflar bizning islohotlarimiz g‘oyasiga mos, men har qanday taklif va tashabbuslaringizni qo‘llab-quvvatlashga tayyorman, – dedi Prezident.
Samarqand shahrida bunday zamonaviy ta’lim va dam olish maskanlarini ko‘paytirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.
.png)
.png)
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111915
Jamiyat
94692
Jamiyat
90695
Jamiyat
75416
Jamiyat
//
Izoh yo‘q