Vodiydagi metan zapravkalar 19-martdan uzluksiz ishlaydi

Saqlash
12:09 / 18.03.2026 29 0

Farg‘ona vodiysidagi metan zapravkalar 19-martdan boshlab ishga tushadi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi. Metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanmoqda, payshanba kunidan boshlab uzluksiz ishlay boshlanadi.

 

17-mart kuni vodiydan boshqa barcha hududda metan zapravkalar soat 10:00 dan boshlab, cheklov muddatisiz faoliyat yuritishi haqida ma’lumot berilgandi.

 

Shuningdek, qisman yoki to‘liq cheklovlar o‘tgan yilning dekabr oyidan boshlab havo haroratining pasaygani uchun vaqti-vaqti bilan joriy etilgan. Propan (suyultirilgan gaz) quyish shoxobchalari, garchi ularda navbatlar kuzatilgan bo‘lsa-da, ishlashda davom etgan.

 

Vazirlik qayd etishicha, gazga bo‘lgan talab oshgan paytda gaz quvurlaridagi bosim pasayadi. Bunday davrda aholi, tibbiyot va ta’lim muassasalari, jamoat transportini gaz bilan ta’minlash ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//