Jamiyat
21−27-mart kunlari Xalqaro teatr kuni munosabati bilan O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlarida “Teatr tomoshalari haftaligi” boshlanmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, “Teatr tomoshalari haftaligi” davomida tashrif buyuruvchilar uchun turli spektakllar va ijodiy uchrashuvlar rejalashtirilgan. Barcha tadbirlar mutlaqo bepul namoyish etiladi. Taklifnomalarni teatr kassalaridan olish mumkin, soni cheklangan.
Davlat teatrlarida namoyish etiladigan spektakllar:
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri
– 22-mart, yakshanba kuni soat 12:00, 14:00, 16:00 da teatr yetakchi opera solistlari ishtirokida konsert dasturi;
– 23-mart, dushanba kuni soat 12:00, 14:00, 16:00 da teatr yetakchi opera solistlari ishtirokida konsert dasturi;
– 24-mart, seshanba kuni soat 12:00 da teatr yetakchi opera solistlari ishtirokida konsert dasturi;
– 25-mart, chorshanba kuni soat 12:00, 14:00 da teatr yetakchi opera solistlari ishtirokida konsert dasturi, 19:00 da “Kumush” operasi.
– 26-mart, payshanba kuni soat 12:00, 14:00, 16:00 da teatr yetakchi opera solistlari ishtirokida konsert dasturi;
– 27-mart, juma kuni soat 12:00, 14:00, 16:00 da teatr yetakchi opera solistlari ishtirokida konsert dasturi.
O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri
– 21-mart, shanba kuni soat 17:00 da “Toshkent bahori” — teatrlashgan-musiqiy kompozitsiya;
– 22-mart, yakshanba kuni soat 17:00 da “Tanlov” — tragikomediya — premyera;
– 24-mart, seshanba kuni soat 17:00 da “Tanlov” — tragikomediya — premyera;
– 25-mart, chorshanba kuni soat 17:00 da — “Vaqt degani bir vagon” — komediya;
– 26-mart, payshanba kuni soat 17:00 da “Azizim mening”;
– 27-mart, juma kuni soat 17:00 da “Toshkent bahori” — teatrlashgan-musiqiy kompozitsiya.
O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri
– 21-mart, shanba kuni soat 18:00 da “Ikki daho”;
– 22-mart, yakshanba kuni soat 18:00 da “O‘tkan kunlar”;
– 24-mart, seshanba kuni 18:00 da “Sadoqat bilan”;
– 25-mart, chorshanba kuni soat 18:00 da “Shaddod ona”;
– 26-mart, payshanba kuni soat 18:00 da “Usmon Nosir”;
– 27-mart, juma kuni soat 18:00 da “Jaloliddin Manguberdi”.
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri
– 21-mart, shanba kuni soat 18:00 da “Qaynona”;
– 22-mart, yakshanba kuni soat 18:00 da “Kuyovning omonati”;
– 23-mart, dushanba kuni soat 18:00 da “Halima”;
– 25-mart, chorshanba kuni soat 18:00 da “Baxshi”;
– 26-mart, payshanba kuni soat 18:00 da “Qaytar dunyo”;
– 27-mart, juma kuni soat 18:00 da “Otabek va Kumushbibi”.
Respublika bo‘ylab namoyishlarning to‘liq dasturi bilan Madaniyat vazirligining rasmiy saytida tanishish mumkin.
Sport
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Ilm-fan
112103
Jamiyat
94789
Jamiyat
90828
Jamiyat
75629
Jamiyat
//
Izoh yo‘q