Jamiyat
O‘zbekistonda 2026-yilda Ramazon va Navro‘z bayrami munosabati bilan necha kun dam olinishi e’lon qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu yil 21-mart, Navro‘z bayrami dam olish kuniga to‘g‘ri keladi. Ramazon hayitining birinchi kuni 20-mart, juma kuniga to‘g‘ri kelsa, (hozircha rasman e’lon qilinmadi) haftada 5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 4 kun dam oladi.
Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq, ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli ushbu dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
Shu munosabat bilan quyidagi kunlar dam olinadi:
20-mart (juma) — Ramazon hayiti – barcha uchun dam olish kuni;
21-mart (shanba) — Navro‘z bayrami – barcha uchun dam olish kuni;
22-mart (yakshanba) — dam olish kuni;
23-mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasidagilar uchun ish kuni.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
111912
Jamiyat
94691
Jamiyat
90693
Jamiyat
75415
Jamiyat
//
Izoh yo‘q