Jamiyat
Oliy ta’lim muassasalarida davlat grantlari asosida ta’lim olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash tizimiga o‘zgartirishlar kiritish kutilmoqda.
Qaror loyihasiga ko‘ra, kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash va ularni ishga taqsimlash tartibi yanada aniqlashtirilmoqda hamda zamonaviy talablar asosida qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Jumladan, amaldagi nizomda belgilangan “kamida uch yil” ishlab berish majburiyatiga oid normalar chiqarib tashlanishi taklif etilmoqda. Yangi tartibga muvofiq, davlat grantlari asosida tahsil olgan bitiruvchilarning ishlab berish muddati ta’lim yo‘nalishining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda vakolatli organ tomonidan alohida belgilanadi.
Shu bilan birga, bitiruvchilarni ishga taqsimlash bilan bog‘liq ayrim tushunchalarga aniqlik kiritilib, “doimiy yashash joyi” atamasini “yashash joyi” deb almashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Qaror loyihasida ishlab berish majburiyatini belgilashda yagona yondashuvdan voz kechib, sohalar kesimida differensial tartibni joriy etish orqali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsad qilingan.
Mazkur o‘zgartishlar bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash jarayonini yanada shaffof va samarali tashkil etishga, shuningdek, mehnat bozori ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
111911
Jamiyat
94691
Jamiyat
90693
Jamiyat
75412
Jamiyat
//
Izoh yo‘q