Toshkent shahrida SOS tugmasi va kuzatuv kameralari boʻlgan “Aqlli bekatlar” oʻrnatiladi

Saqlash
12:46 / 17.03.2026 30 0

Yaqin vaqtlarda Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini yanada zamonaviy va qulay qilish maqsadida “Aqlli bekatlar” o‘rnatish boshlanadi, deb xabar berdi Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi.

 

Unga ko‘ra, Innovatsion bekatlarda xavfsizlik va qulaylik birinchi o‘rinda bo‘ladi.

 

- Har bir bekat markazlashgan kuzatuv tizimiga ulangan 2 ta videokamera bilan jihozlanadi

- Favqulodda holatlar uchun “SOS” tugmasi o‘rnatiladi

- Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus kutish joyi tashkil etiladi

 

Shuningdek, bekatlarda avtobuslar harakat jadvalini ko‘rsatuvchi elektron monitorlar, tezkor xaridlar uchun vending qurilmalari ham bo‘ladi. Bu yangiliklar jamoat transportidan foydalanishni yana-da xavfsiz, qulay va zamonaviy darajaga olib chiqadi.

 

“Aqlli bekatlar” qayerlarda o‘rnatilishi haqda qo‘shimcha maʼlumotlar Markazi tomonidan eʼlon qilib boriladi.

 

Maʼlumot uchun, ushbu Markaz Prezidentning “Toshkent shahrida transport tizimi boshqaruvini takomillashtirish hamda tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tashkil etilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//