Jamiyat
Hozirgi kunda yuqori daromadli eng ko‘p ish o‘rinlari tog‘-kon sanoatiga to‘g‘ri keladi. Bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish marosimida davlat rahbari shu haqda gapirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hozirda ekskavator mashinisti 30 million so‘mgacha, burg‘ilash mutaxassislari va katta samosval haydovchilari 40 million so‘mgacha, geolog va marksheyderlar 70 million so‘mgacha maosh olmoqda.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda tog‘-kon sanoati tubdan isloh qilindi. Ilgari qimmatbaho va rangli metallarni qazib olish bilan 2 ta kombinat shug‘ullanar edi.
Konlarni investorlarga berish bo‘yicha shaffof tizim yaratilgani hisobiga to‘qqiz yilda 10 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi. Bugun sohada 65 ta xususiy korxona faoliyat yuritmoqda.
Mustaqillikning dastlabki yigirma besh yilida oltin qazib olish hajmi 63 tonnadan 87 tonnaga yoki 24 tonnaga oshgan bo‘lsa, so‘nggi to‘qqiz yilda bu yana 31 tonnaga ko‘payib, o‘tgan yili 118,4 tonnaga yetkazildi.
Xuddi shunday 2016-yildan buyon kumush ishlab chiqarish 1,6 barobar, uran 2,1 barobar, mis 1,4 barobarga oshirilishiga erishildi. Natijada sohada ishlab chiqarish 1,7 barobar o‘sib, o‘tgan yil 270 trillion so‘mga yetdi.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
111873
Jamiyat
94682
Jamiyat
90679
Jamiyat
75369
Jamiyat
//
Izoh yo‘q