Iste’molchilar yana qo‘shimcha 50 kub/metr tabiiy gazga imtiyozli narxda pul to‘laydi

Saqlash
12:53 / 16.03.2026 37 0

Energetika vazirligi aholi iste’molchilari 16–31-mart kunlari yana qo‘shimcha 50 kub metr tabiiy gazga arzonlashtirilgan narxda pul to‘lashini ma’lum qildi.

 

Xabarga ko‘ra, joriy haftada kunlar isishini inobatga olib bugun, 16-martdan boshlab 1-noyabrga qadar har oy uchun 100 kub metrgacha (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-oktyabrgacha) "bazaviy me’yor" amal qiladi.

 

Mart oyi uchun esa ma’lum bir imtiyoz beriladi. Tushuntirilishicha, bir oylik 500 kub/metr bazaviy me’yor oyning birinchi yarmi uchun (1-15-mart kunlari) teng ulushlarda (proporsional) taqsimlanganda 250 kub/metrni tashkil etadi. Bir oylik 100 kub/metr bazaviy me’yor oyning ikkinchi yarmi uchun (16-31 mart kunlari) teng ulushlarda (proporsional) taqsimlanganda 50 kub metrni tashkil etadi va mana shu 50 kub metr gaz uchun ham aholi iste’molchilari bazaviy me’yor doirasida, ya’ni 1800 so‘mdan emas, 1000 so‘mdan to‘lov amalga oshiradi.

 

“Tabiiy gaz iste’molidagi barcha hisob-kitoblar bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarga “Hududgazta’minot” AJ va uning hududiy filiallari tushuntirishlar beradi”, deyiladi xabarda.

 

Ma’lumot uchun, Prezident qarorlariga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.

 

Jumladan, kompensatsiya miqdori:
▪️ Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha;

 

▪️ Tabiiy gaz uchun — qish oylarida 250 kub/metrgacha, boshqa oylarda 150 kub/metrgacha bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//