Jamiyat
O‘zgidromet 20-martgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 16–18-mart kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 17-18-martda Surxondaryo viloyatida va 18-martda Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
19-martda respublikaning markaziy va janubi-sharqiy hududlaridagi ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi.
20-martda O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Ushbu davrda havo harorati asosan kechalari +5– +10 daraja iliq, kunduz kunlari +15– +20 daraja iliq, yomg‘ir paytida +13– +15 daraja iliq bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, bunday harorat foni mart oyi o‘rtasi uchun o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin.
16-17-mart kunlari respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida 16–18 va 20-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 19-martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari +5– +10 daraja iliq, kunduz kunlari +17– +20 daraja iliq, 19-martda +14– +17 daraja iliq bo‘ladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
111868
Jamiyat
94682
Jamiyat
90678
Jamiyat
75364
Jamiyat
//
Izoh yo‘q