Jamiyat
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Elbek Zohidjonov va Asilbek Sunnatov AQShning Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
Elbek Zohidjonov IMO 2025(66-Xalqaro matematika olimpiadasi)ning kumush medali sohibi bo‘lib, Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinfida o‘qiydi.
Asilbek Sunnatov esa IOI 2025(37-Xalqaro informatika olimpiadasi)da kumush medalni qo‘lga kiritgan. U ham Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinfida tahsil oladi.
Ma’lumot uchun, 1861-yilda AQShning Kembrij shahrida tashkil etilgan MIT bugungi kunda dunyoning birinchi raqamli texnik universiteti hisoblanadi. Oliygoh QS jahon reytingida ketma-ket 13 yil davomida 1-o‘rinni o‘zida saqlab kelmoqda (Times Higher Education va US News reytinglarida esa 2-o‘rinda).
Universitetda jami 11 500 nafar atrofida talaba tahsil oladi. Qabul ko‘rsatkichi esa bor-yo‘g‘i 4 foizni tashkil etadi. Ta’kidlanishicha, bu MIT faqatgina dunyoning eng noyob va iqtidorli yoshlarini saralab olishini anglatadi.
100 dan ortiq Nobel mukofoti sovrindorlarini yetishtirib chiqargan universitet muhandislik, kompyuter texnologiyalari, matematika, fizika va iqtisodiyot yo‘nalishlarida mutlaq peshqadam sanaladi. Aynan, radar, GPS va bugungi kundagi sun’iy intellekt kabi yirik kashfiyotlar aynan shu yerda yaratilgan.
Universitetning moliyaviy jamg‘armasi 24 milliard dollardan oshadi va bu iqtidorli talabalarning yirik tadqiqotlar olib borishi uchun cheksiz imkoniyatlar taqdim etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
111867
Jamiyat
94682
Jamiyat
90678
Jamiyat
75363
Jamiyat
//
Izoh yo‘q