Jamiyat
Navbatdagi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar 2026-yil 16-mart kuni soat 14:00 dan boshlab qabul qilina boshlaydi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, subsidiya olish uchun ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholash natijasiga ko‘ra kamida 30 ball to‘plashi kerak. Shuningdek, uning kredit tarixi subsidiyali ipoteka kreditlari dasturida ishtirok etuvchi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos bo‘lishi talab etiladi.
Shuningdek, ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i nomida respublika hududida mulk huquqi asosida turar joy mavjud bo‘lmasligi lozim. Ariza beruvchining o‘rtacha oylik daromadi ham belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida bo‘lishi kerak.
Subsidiya olish uchun arizani davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilib, myGov mobil ilovasi orqali yoki my.gov.uz portali orqali topshirish mumkin. Harbiy tuzilmalar xodimlari esa arizani davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilgan holda topshiradi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ariza topshirish jarayonida OneID tizimida tijorat banklariga kredit tarixini baholash uchun ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lishi kerak.
Dasturda ishtirok etuvchi banklar ro‘yxati:
Agrobank;
Aloqabank;
Asakabank;
Asia Alliance Bank;
Biznesni rivojlantirish banki;
Hamkorbank;
Ipak Yuli Bank;
Ipotekabank;
Mikrokreditbank;
Orient Finans Bank;
Trastbank;
Turonbank;
Xalq banki;
O‘zmilliybank;
O‘zsanoatqurilishbank.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111798
Jamiyat
94671
Jamiyat
90663
Jamiyat
75290
Jamiyat
//
Izoh yo‘q