Jamiyat
Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanida, 2024-yilda qayta qurilgan “Buyuk Turon” koʻprigiga olib chiquvchi yoʻlning bir qismi oʻpirilib ketdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlardan koʻrinishicha, oʻpirilish – yoʻl oʻtkazgichning Temur Malik koʻchasidan Buyuk ipak yoʻli koʻchasiga olib chiquvchi qismida sodir boʻlgan.
Yoʻlning boshqa tomonida ham yoriqlar bor: bu oʻpirilishdan oldingi alomatlar boʻlishi mumkinligi aytilyapti.
“Buyuk Turon” koʻprigi – Temur Malik koʻchasini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida 128,6 mlrd soʻmga qayta qurilgan boʻlib, 2024-yil avgust oyida – Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilgandi.
Ayni paytdagi maʼlumotlarga koʻra, jabrlanganlar qayd etilmagan. Bu haqda maʼlum qilgan Toshkent shahar hokimligi voqea joyiga zudlik bilan avariya xizmatlari, texnik mutaxassislar va masʼul tashkilotlar vakillari yuborilgani, hodisa sodir boʻlgan hudud oʻrab olinganini bildirdi.

“Hozirda kompleks texnik tekshiruv oʻtkazilmoqda. Tekshiruv yakunlanmaguncha, uzil-kesil xulosa chiqarishga hali erta. Dastlabki taxminlar qatorida soʻnggi kunlardagi kuchli yogʻingarchilik taʼsiri, jumladan, tuproqning haddan tashqari namlanishi va konstruksiyaga tushadigan yuklamaning ortishi kabi omillar koʻrib chiqilmoqda. Shu bilan birga, loyihaviy yechimlar, qurilish-montaj ishlari sifati, drenaj tizimining holati, qurilish nazorati hamda obyektni qabul qilib olish tartibi kabi barcha tegishli holatlar ham tekshirilmoqda.
Texnik tekshiruv yakunlari boʻyicha tiklash ishlari yuzasidan qaror qabul qilinadi. Qoidabuzarliklar yoki ishlarning lozim darajada bajarilmaganligi aniqlansa, masʼul shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralari koʻriladi”, – deyiladi hokimlik axborotida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
111772
Jamiyat
94669
Jamiyat
90661
Jamiyat
75265
Jamiyat
//
Izoh yo‘q