Jamiyat
Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Ualid Fuk 11-mart kuni Toshkentda Fransiyaga safar uchun viza arizalarini qabul qiluvchi yangi viza markazini tantanali ravishda ochdi. Bu haqda diplomatik missiyaning Telegram sahifasida xabar berildi.
Endilikda barcha viza hujjatlari istisnosiz TLSContact markazi orqali topshirilishi kerak boʻladi. Xabarda qayd etilishicha, bu chora ariza beruvchilarga yanada sifatli xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida amalga oshirildi.
Bundan oldin viza arizalari bevosita Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi huzuridagi viza boʻlimi tomonidan qabul qilinardi. Endilikda diplomatik missiya konsulligi ariza beruvchilarni qabul qilmaydi.
Avvalroq elchixona VFS platformasi endi Fransiyaga vizalar uchun uchrashuvlarni belgilab bermasligi, TLSContact orqali uchrashuvlar belgilash uchun qoʻngʻiroqlarni qabul qila boshlashini bildirgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
111766
Jamiyat
94668
Jamiyat
90660
Jamiyat
75260
Jamiyat
//
Izoh yo‘q