Toshkentda “Hind kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi

Saqlash
15:18 / 11.03.2026 47 0

Joriy yilning 13–15-mart kunlari Hindiston Elchixonasi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi hamkorligida, Hindiston Axborot va eshittirishlar vazirligi hamda Hindiston Milliy kino taraqqiyoti korporatsiyasi ko‘magida hind kinofestivali doirasida bepul kinonamoyishlar tashkillashtirilmoqda.

 

Qayd etilishicha, “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan ayollar mavzusiga bag‘ishlangan hind kinofestivalining 2-nashri — “Sashakt Nari — Ayollikni ulug‘lash” tadbiri bo‘lib o‘tadi.

 

🇮🇳 Elchixona 2026-yil 13–15-mart kunlari Toshkent shahridagi Alisher  Navoiy ko'chasi 15-uyda joylashgan Milliy Kino San'ati Saroyida “Sashakt  Nari – Ayollikni ulug'lash” mavzusidagi #IFF2026 (1/2)

 

Festival doirasida jasorat va matonat bilan qiyinchilik hamda sinovlarni yengib o‘tgan ayollar bosh qahramon bo‘lgan mashhur hind filmlari namoyish etiladi.

 

Dastur:

 

- 13-mart, 14:30 — “Dangal” filmi; 

- 14-mart, 11:00 — “Dear Zindagi” filmi; 

- 14-mart, 15:00 — “Tanvi The Great”filmi; 

- 15-mart, 11:00 — “Kathal” filmi; 

- 15-mart, 15:00 — “Tanu weds Manu” filmi.

 

Kirish barcha uchun bepul. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//