Adliya, Energetika vazirliklari va Soliq qo‘mitasida kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘limi tashkil etiladi

Saqlash
14:11 / 11.03.2026 27 0

“O‘zbekiston Respublikasining Kiberxavfsizlik strategiyasini belgilash va kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlik strategiyasi tasdiqlandi. Hujjatda belgilanishicha, 2026-yil 1-apreldan Adliya vazirligi, Energetika vazirligi hamda Soliq qo‘mitasida Kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘limi tashkil etiladi.

 

Shu sanadan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan byudjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan hamda byudjet parametrlari doirasida zarur mablag‘lar kiberxavfsizlikni ta’minlash masalalariga yo‘naltiriladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining milliy axborot tizimlari va resurslarining zamonaviy kibertahdidlarga bardoshlilik darajasini oshirish maqsadida ularning kiberxavfsizlik borasidagi kamchiliklarini aniqlash bo‘yicha mustaqil ekspertlar ishtirokida tanlovlar o‘tkazib boriladi. Mazkur tanlovlar Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadigan maxsus elektron platformada o‘tkaziladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//