Jamiyat
Azizxon Anvarbek o‘g‘li Shavkatov Toshkent shahri hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Azizxon Shavkatov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U mazkur tayinlovga qadar poytaxt Investitsiyalar, sanoat va savdo bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Ushbu lavozimda u 2024-yilning iyunidan beri ishlab kelgan va yaqinda Turizm qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlangan Sanjar Tojiyevning o‘rnini egalladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112161
Jamiyat
94844
Jamiyat
90914
Jamiyat
75700
Jamiyat
//
Izoh yo‘q