Jamiyat
“O‘zgidromet” 11-mart, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi biroz qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-10 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi 11-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, Navoiy viloyati cho‘l hududida 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-3 daraja sovuq, kunduzi 2-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (asosan qor ko‘rinishida), ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111714
Jamiyat
94653
Jamiyat
90645
Jamiyat
75207
Jamiyat
//
Izoh yo‘q