Harorat pasayishi tufayli “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov qo‘yildi

Saqlash
11:17 / 10.03.2026 26 0

Havo harorati pasayishi sababli 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, mazkur chora-tadbirlar, avvalo, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

 

Qayd etilishicha, respublika hududlariga sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi oqibatida tabiiy gazga bo‘lgan talab ortgan. Shu sababli magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda. Bunday sharoitda, eng avvalo, aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash muhim sanaladi.

 

Axborot matnida qayd etilishicha, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda davom ettiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//