“Yangi Oʻzbekiston” majmuasida Navroʻz bayramiga bagʻishlangan xalq sayillari oʻtkaziladi

Saqlash
10:04 / 10.03.2026 32 0

Prezidentning “2026-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori (82-son, 06.03.2026-y.) qabul qilindi.

 

Qaror bilan 2026-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (Tashkiliy qoʻmita) tarkibi tasdiqlandi.

 

Qarorga koʻra, Navroʻz bayramini munosib nishonlash boʻyicha “Navroʻzni ulugʻlash – insonni ulugʻlashdir!” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy hamda targʻibot tadbirlari dasturi tasdiqlanadi va uning amalga oshirilishi taʼminlanadi.

 

Bu yilgi Navroʻz muborak Ramazon hayiti bayrami bilan hamohang tarzda nishonlanishi uning insonparvarlik tamoyillarini yanada kuchaytirishini inobatga olib, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar holidan xabar olish tashkil etiladi.

 

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan tadbirlar amalga oshiriladi, “Men ham koʻchat ekaman” aksiyalari, umumxalq hasharlari tashkil etiladi.

 

Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//