Jamiyat
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi avvalroq tojikistonlik narkokuryerlar keltirib bergan 14 kg 680 gr “opiy” moddasini shartli xaridorga 180 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi. Ushbu holat Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Sariosiyo tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.
Holat yuzasidan 42 yoshli fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Hozirda narkosavdogarning jinoiy sheriklarini aniqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
DXX mamlakat fuqarolaridan bu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelganda Xizmatining 1520 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilib, xabar berishlarini soʻrab, ularning shaxsi sir saqlanishini kafolatlaydi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112172
Jamiyat
94856
Jamiyat
90927
Jamiyat
75712
Jamiyat
//
Izoh yo‘q