Jamiyat
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumaniga Andijondan kelin bo‘lib tushgan Nasibaxon Ibrohimovaning sepi ijtimoiy tarmoqlarda olqishlarga sazovor bo‘lmoqda. U kelinlik uyiga 800 ta kitob bilan borgan.
Turmush o‘rtog‘i Mirjalol Mahmarayimovning Kun.uz'ga aytishicha, bo‘lajak rafiqasi bilan bir necha yil birgalikda kitob yig‘ishgan, to‘ydan keyin esa juftlikning qo‘shma kutubxonasidagi kitoblar soni 1,5 mingtaga yetgan.
“3 yil sevishdik, birga kitob o‘qidik, birga kitob yig‘dik. Onlayn tarzda kitob сотувини ham yo‘lga qo‘ydik. Shaxsiy kitob javonimiz bitta bo‘lishi orzumiz edi. 2025 yil avgustida turmush qurdik. To‘ydan oldin birga yig‘gan va o‘zida bor kitoblarni mening uyimga olib keldi. Keyin bitta javon yasab, shaxsiy kutubxona qurdik”, degan Mirjalol.

Oilaning shaxsiy kutubxonasi Mirjalolning Ko‘kdala tumani Sho‘rquduq mahallasidagi uyida joylashgan. Kelin-kuyov esa hozirda Toshkent shahrida ijarada yashashadi – Mirjalolning ishi shu yerda, u Chorsudagi kitob do‘konlaridan birida ishlaydi.
Jamiyat
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
111662
Jamiyat
94646
Jamiyat
90636
Jamiyat
75164
Jamiyat
//
Izoh yo‘q