Madaniyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan “Choshtepa” arxeologiya yodgorligiga zarar yetkazilgani yuzasidan turli ma’lumotlar tarqalgan edi. Bu bo‘yicha Madaniy meros agentligi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lumot berilishicha, 2026-yil 6-mart kuni Madaniy meros agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi bosh mutaxassislari arxeologiya yodgorligida joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida arxeologiya yodgorligi hududida Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi xulosasisiz daraxt ko‘chatlari ekilgani, keyinchalik esa noma’lum shaxslar tomonidan ushbu ko‘chatlar kesib tashlangani aniqlangan. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, arxeologiya yodgorliklari hududida daraxt ekilishi ildizlarning o‘sishi natijasida tarixiy-madaniy qatlamlarga zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, joyida o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, kesilgan daraxtlar arxeologiya yodgorligining tarixiy qatlamlariga zarar yetkazmagani qayd etildi.
Mazkur holat yuzasidan yodgorlik atrofida istiqomat qiluvchi fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borildi hamda moddiy madaniy meros obyektlari hududida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi. Masala Madaniy meros agentligi tomonidan nazoratga olingan.
“Choshtepa” arxeologiya yodgorligi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan va hamda davlat muhofazasiga olingan”, deyiladi xabarda.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
111630
Jamiyat
94642
Jamiyat
90633
Jamiyat
75124
Jamiyat
//
Izoh yo‘q