Jamiyat
9–12-mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 9–11-mart kunlari O‘zbekistonning ko‘pchilik hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuzatiladi. Asosan yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda esa qorga aylanishi mumkin.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘lib, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, respublika bo‘yicha ayrim hududlarda shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha kuchayadi, ba’zi joylarda esa 22–25 metr/soniyagacha yetishi mumkin.
10–12-mart kunlari havo harorati sezilarli darajada pasayadi. Respublika shimolida kechalari 7–10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0–3 daraja sovuqqacha tushishi prognoz qilinmoqda.
Qolgan hududlarda 11–12-mart kunlari kechalari 0–3 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari esa 2–5 daraja iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112070
Jamiyat
94755
Jamiyat
90784
Jamiyat
75582
Jamiyat
//
Izoh yo‘q