Jamiyat
7 va 9—10-mart kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi borligi ma’lum qilindi.
Quyidagi hududlarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin:
— Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
— Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
— Samarqand viloyati Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
— Navoiy viloyati Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
— Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
— Toshkent viloyati Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
— Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
— Farg‘ona viloyati So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
— Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
111617
Jamiyat
94640
Jamiyat
90627
Jamiyat
75114
Jamiyat
//
Izoh yo‘q