Jamiyat
Voyaga yetmagan shaxs boshqaruvidagi mashina urib ketishi oqibatida vafot etgan YPX inspektori Xosilbek Eshnazarovning oilasiga poytaxtdan xonadon topshirildi.
Qayd etilishicha, IIV rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda marhum inspektorning otasiga “Jasorat” medali tantanali ravishda topshirildi. Unda xodimning onasi, xotini va bolalari ham ishtirok etdi.
Shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori, marhum kichik serjant Eshnazarov Xosilbek Beknazar o‘g‘li 3-mart kuni “Jasorat” medali bilan mukofotlangandi.
U ichki ishlar organlaridagi fidokorona mehnati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligi va xalq osoyishtaligini ta’minlash borasidagi xizmatlari uchun taqdirlangan. Shuningdek, yo‘llarda harakat xavfsizligini saqlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda qoidabuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etishdagi hissasi e’tirof etilgan.
Xosilbek Eshnazarov ichki ishlar organlarida 2022-yildan buyon xizmat qilgan. Dastlab Yashnobod tumanida faoliyat boshlagan, 2024-yildan patrul-post xizmatida ishlagan. 2025-yildan esa poytaxt IIBB yo‘l-patrul xizmati inspektori sifatida faoliyat yuritgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
111617
Jamiyat
94640
Jamiyat
90627
Jamiyat
75114
Jamiyat
//
Izoh yo‘q