Jamiyat
Oʻzbekiston yoʻllarida oʻrnatilgan zamonaviy foto va video kuzatuv kameralari haydovchilarning yuzini identifikatsiya qilish texnologiyasi bilan jihozlangan. Ushbu tizim orqali transport vositasini boshqarayotgan shaxsning shaxsi aniqlanib, haydovchilik huquqidan mahrum etilgan fuqarolar tomonidan avtomobil boshqarilgan holatlar avtomatik tarzda qayd etiladi.
Taʼkidlanishicha, bu kabi texnologiyalar yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yoʻllarda xavfsizlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Qonunchilikka koʻra, haydovchilik huquqidan mahrum etilgan holda transport vositasini boshqargan shaxslarga nisbatan birinchi marta bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima qoʻllanadi. Agar ushbu huquqbuzarlik ikkinchi marta takrorlansa, huquqbuzarga nisbatan 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.
Mutaxassislar haydovchilarni yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilishga, ayniqsa, haydovchilik huquqidan mahrum etilgan holatda va balogʻatga yetmasdan transport vositasini boshqarmaslikka chaqirmoqda. Zero, bu nafaqat qonunbuzilish, balki yoʻl harakati xavfsizligiga ham jiddiy xavf tugʻdiradi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
112156
Jamiyat
94839
Jamiyat
90904
Jamiyat
75689
Jamiyat
//
Izoh yo‘q