Jamiyat
2027-yildan boshlab 21 yoshdan so‘ng nikoh tuzgan yosh oilalarga imtiyozlar beriladi. Bu haqda prezident farmonida keltirildi.
Hujjatga ko‘ra, quyidagilar belgilangan:
- moliyaviy mustaqillikka erishgan va oila qurishga har tomonlama tayyor bo‘lgan yoshlar o‘rtasida nikoh tuzishni rag‘batlantirish;
2027-yildan boshlab har ikkala taraf kamida 21 yoshga to‘lganda birinchi marotaba nikoh tuzgan yosh oilalar uchun:
- davlat tomonidan qo‘shimcha imtiyoz va boshqa shakldagi qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi;
- ushbu oilalar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan taqdirda, oilalar a’zolariga ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish, daromadlarini oshirish yoki murakkab vaziyatdan chiqarish uchun taqdim etiladigan moliyaviy ko‘maklar (subsidiya, ssuda, grantlar) qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlardan 1,5 baravarga oshirilgan holda beriladi;
- nikoh shartnomasini tuzgan nikohlanuvchilarni nikohni qayd etish uchun belgilangan davlat bojidan ozod etish tartibi qo‘llanadi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
112156
Jamiyat
94839
Jamiyat
90904
Jamiyat
75689
Jamiyat
//
Izoh yo‘q