Bir guruh xotin-qizlar Zulfiya mukofoti bilan taqdirlandi

Saqlash
19:11 / 03.03.2026 135 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan, mamlakatimizda xotin-qizlarni e’zozlash, ularning ezgu orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zining iqtidori, muhim g‘oya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi o‘zgarishlar jarayonida faol ishtirok etib, yurtimiz ravnaqi yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, zamonaviy bilim va malakasi, ma’naviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan qizlarimizni munosib rag‘batlantirish maqsadida bir guruh xotin-qizlar Zulfiya mukofoti bilan taqdirlandi.

 

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi G‘.Mirzayev zimmasiga yuklatildi.

 

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan quyidagilar taqdirlandi:

 

Satniyazova Indira Qaniyaz qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Erimbatova Dilnoza Nurulla qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich magistranti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Umurzoqova Moxlaroy Muxtorjon qizi - Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti (Andijon viloyati)

Abduqaxorova Muslimaxon Mirzabaxrom qizi - Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti (Andijon viloyati)

Ergashova Mehriniso Husniddin qizi - Buxoro davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti (Buxoro viloyati)

Fayzullayeva Vazira Xamidovna - Buxoro davlat tibbiyot institutining 1-bosqich magistranti (Buxoro viloyati)

Tursunova Visola Behzodovna - Jizzax davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

Jo‘raboyeva Muhsina Orif qizi - O‘zbekiston Milliy universitetining tabiiy geografiya kafedrasi kabinet mudiri (Jizzax viloyati)

Murodova Marjona Shuxrat qizi - Bojxona institutining xalqaro hamkorlik bo‘limi inspektori (Qashqadaryo viloyati)

Amirova Latofat Bahrom qizi - Erkin ijodkor, shoira (Qashqadaryo viloyati)

Qudratova Mashxura Fazliddin qizi - Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Navoiy viloyati)

Haydarova Laziza Nabijon qizi - Navoiy davlat universitetining 2-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)

Ergashova Xushnozaoy Toxirjon qizi - M.Turg‘unboyeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli balet artisti (Namangan viloyati)

Ismoilova Gulshanoy Shuhrat qizi - O‘zbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Mamedova Amaliya Parvizovna - Samarqand shahridagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Samarqand viloyati)

Tohirova Mohigul Umir qizi - Samarqand davlat universitetining amaliy psixologiya kafedrasi assistenti (Samarqand viloyati)

Mingboyeva Zulxayo Ulug‘bek qizi - Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Sirdaryo viloyati)

Maxmudova Olimaxon Yusufjon qizi - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Sirdaryo viloyati bo‘limi sozandasi (Sirdaryo viloyati)

Ibrogimova Nodira Jurabekovna - Toshkent shahridagi «Shkola 21» nodavlat ta’lim muassasasi loyiha rahbari (Surxondaryo viloyati)

Shokirova Gulhayyo O‘ktam qizi - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 1-bosqich magistranti (Surxondaryo viloyati)

Uralova Gulhayo Baxodir qizi - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 2-bosqich tayanch doktoranti (Toshkent viloyati)

Xolmuxamedova Parizod Jasurbek qizi - Yuqori Chirchiq tumanidagi 24-bolalar musiqa va san’at maktabining badiiy kashtachilik o‘qituvchisi (Toshkent viloyati)

Jo‘raboyeva Dilafruzxon Sardorjon qizi - Xalqaro frilanserlik platformalari frilanseri (Farg‘ona viloyati)

Sobirova Dilafruzxon Salohiddin qizi - Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Farg‘ona viloyati)

Quronboyeva Moxinur Odilbek qizi - Urganch davlat tibbiyot institutining katta o‘qituvchisi (Xorazm viloyati)

Do‘smetova Shahzoda Do‘smet qizi - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Xorazm viloyati bo‘limi maqom xonandasi (Xorazm viloyati)

Saranseva Anastasiya Olegovna - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 208-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri)

Mavlonova Sevinch Sanjar qizi - «Yangi O‘zbekiston» universitetining 2-bosqich talabasi (Toshkent shahri).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//