Jamiyat
Hukumat qarori (85-son, 28.02.2026-y.) bilan “Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish boʻyicha I va II toifalarga mansub sanoat korxonalarining atrof tabiiy muhitga taʼsirini kamaytirish harakatlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.
Mazkur Qaror sanoat korxonalarining atrof tabiiy muhitga taʼsirini kamaytirish harakatlarining 2 bosqichli quyidagi tartibda ragʻbatlantirilishini nazarda tutuadi:
1-bosqichda - atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringi stansiyasini (monitoring stansiyasi) oʻrnatgan sanoat korxonasiga:
➖ tabiatga zarar yetkazish boʻyicha kompensatsiya toʻlovlaridan shakllangan qarzdorlikdan voz kechiladi;
➖ tabiatga zarar yetkazish boʻyicha respublika byudjetiga yoʻnaltiriladigan kompensatsiya toʻlovlarining 50 foizi 2-yil davomida qaytariladi.
2-bosqichda esa monitoring stansiyasini oʻrnatgan sanoat korxonasi kelgusi 1-yil davomida chang-gaz va lokal oqova suv tozalash uskunalarini oʻrnatganda, tabiatga zarar yetkazish boʻyicha respublika byudjetiga yoʻnaltiriladigan kompensatsiya toʻlovlarining 70 foizi 2-yil davomida qaytariladi.
Sanoat korxonasi monitoring stansiyasi, chang-gaz va (yoki) lokal oqova suv tozalash uskunasini oʻrnatgani toʻgʻrisida Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali Ekologiya qoʻmitasiga xabarnoma yuboradi.
Xabarnoma va unga ilova qilingan hujjatlar Ekologiya qoʻmitasi tomonidan xabarnoma kelib tushgan kundan boshlab 15 ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Oʻrganib chiqish natijasi boʻyicha sanoat korxonasini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida Ekologiya qoʻmitasining xulosasi rasmiylashtiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Ilm-fan
111545
Jamiyat
94623
Jamiyat
90614
Jamiyat
75050
Jamiyat
//
Izoh yo‘q