Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga hamdardlik maktubini yoʻlladi

Saqlash
16:59 / 02.03.2026 61 0

Joriy yilning 1-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyonga yoʻllagan maktubida Islom inqilobi rahbari Oyatulloh-ul-uzmo Sayyid Ali Homanaiyning shahodati munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

 

Maktubda shunday deyiladi:

 

Eron Islom Respublikasi Oliy diniy rahbari Oyatulloh Sayid Ali Homanaiy Hazrati Oliylari va uning oila aʼzolari vafot etgani toʻgʻrisidagi noxush xabar qalblarimizni qattiq iztirobga soldi. U zot oʻzining koʻp yillik samarali faoliyati davomida Eron davlatchiligini mustahkamlash, jamiyat barqarorligi va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash yoʻlida katta xizmatlar qildi. Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, oʻzaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan ul zotning yorqin xotirasi qalblarimizda doimiy saqlanib koladi”.

 

Prezident shuningdek, ushbu musibatli va ogʻir damlarda Eron prezidenti Masʼud Pezeshkiyonga va doʻst Eron xalqiga samimiy hamdardik izhor etib, Allohdan marhumlarning ruhini oʻz rahmatiga olishini, oila aʼzolari va barcha yaqinlariga bardamlik va sabri jamil ato etishini soʻragani qayd etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//