Jamiyat
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi O‘zbekistonda kambag‘allik va ta’lim natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qildi.
Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda ta’lim va kambag‘allik o‘rtasida kuchli bog‘liqlik mavjudigiga ishora qiladi.
Natijalarning ko‘rsatishicha, ijtimoiy-iqtisodiy statusga qarab taqqoslanganda, yuqori daromadli oilalarning farzandlari past daromadli oilalarning farzandlariga nisbatan yaxshiroq o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishgan.
Boy va kambag‘al oilalardagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasidagi farqlarni asosan maktabdagi ta’lim sifati darajasidagi (matematikadan o‘rtacha o‘zlashtirish) farqlar bilan tushuntirish mumkin. Masalan, PISA so‘roviga ko‘ra, boy va kambag‘al oilalardagi o‘quvchilarning matematika fanidan o‘zlashtirish darajasidagi o‘rtacha 27.8 ballni tashkil qilgan bo‘lsa, ushbu farqning qariyb 50 foizga yaqini maktabdagi ta’lim sifatiga bog‘liq.
Tahlilning yana bir muhim natijalaridan biri – bu, boy va kambag‘al oilalardagi o‘quvchilar o‘rtasidagi farqlar qishloqdagi o‘quvchilarning nisbatan yuqori o‘zlashtirishi hisobiga kamayayotganidir.
Aholi yashash punkti va o‘quvchilarning jinsini hisobga olib solishtirilganda ham akademik o‘zlashtirishda nisbatan yuqori ijtimoiy-iqtisodiy statusga ega oiladagi o‘quvchilar nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy statusi quyiroq tengdoshlariga nisbatan yaxshiroq ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishgan.
“Ushbu farqlarni tushuntiruvchi omillardan biri bu o‘quvchilarning har xil ta’lim sharoitiga ega ekanliklari bo‘lishi mumkin”, deyiladi tahlilda.
Demak, shaharda yashovchi o‘quvchilarning qishloqdagi o‘quvchilarga nisbatan yaxshi o‘zlashtiriyotgani haqida tavsifiy natijalar aslida aholi yashash punkti turidan boshqa omillarning notekis taqsimlanganligi tufayli bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, ota-onalarning ta’lim jarayonidagi faol ishtiroki barcha ijtimoiy-iqtisodiy guruhlarda nisbatan teng darajada.
“Umuman olganda, nisbatan quyi ijtimoiy-iqtisodiy statusga ega oila farzandlari o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan maktablarda ta’lim olayotganini hisobga olish lozim. Shu ma’noda, o‘rtacha akademik ko‘rsatkichlari past bo‘lgan maktablarda ta’lim sifatini yaxshilash nafaqat ta’lim tizimi islohoti sifatida balki ijtimoiy himoya siyosati sifatida ham muhim hisoblanadi”, deyiladi tadqiqot xulosasida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111534
Jamiyat
94621
Jamiyat
90609
Jamiyat
75035
Jamiyat
//
Izoh yo‘q