Hafta davomida havo harorati pasayadi

Saqlash
11:55 / 02.03.2026 37 0

O‘zgidromet 6-martgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, bugun va ushbu ish haftasi davomida mamlakatimiz hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shimoliy hududlarda esa faqat 3-4-mart kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati kechalari +3– +8 daraja iliq, respublika shimolida -3 daraja sovuq– +2 daraja iliq, kunduz kunlari +10– +15 daraja iliq atrofida bo‘ldi, hafta o‘rtasida esa harorat qisqa muddatga +7– +10 daraja iliqqacha pasayadi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi.

 

2–6-mart kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

 

Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Bugun va ertaga kunduzi harorat +11– +13 daraja iliq bo‘ladi. Keyinchalik harorat asosan kechalari +4– +7 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari +8– +10 daraja iliqqacha pasayadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//