Jamiyat
2025-yilning aprel-may oylarida o‘tkazilgan attestatsiya sinovlarida tarix fanidan keltirilgan bir savol javobi bo‘yicha pedagoglar o‘rtasida e’tiroz paydo bo‘ldi. Shundan so'ng to‘rt nafar tarix fani o‘qituvchisi attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ustidan sudga da’vo arizasi kiritdi.
Ma'lum bo'lishicha, da'vogarlar imtihonda “Yustinian I vafotidan so‘ng qaysi qabila butun Ispaniyani egallagan?” degan savol ham tushgan va to‘g‘ri javob sifatida “Langobardlar” olingan. Mazkur savol va javob 2022-yilda nashr qilingan 7-sinf jahon tarixi darsligi asosida tuzilgan. Da’vogar o‘qituvchilar esa mazkur savolga “Vestgotlar” javobini belgilagan. ular mazkur mazkur javobni qator manbalar, xususan, britannica.com sayti, Wikipedia’ning inglizcha varianti, 7-sinf jahon tarixi darsligining 2017-yilgi nashri, Fozila Sulaymonovaning “G‘arb va Sharq” asarida qayd qilingan. Ular universitet davrida ham Ispaniyani vestgotlar egallagan deb o‘qitilganini ta’kidlagan.
Savol yuzasidan paydo bo'lgan e'tirozlar sabab Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida tarixchi olimlar ishtirokida muhokama va suhbatlar tashkil etildi.
Ekspertlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ham taklif etilib, ularning fikr-mulohazalariga quloq tutildi.
Natijada, bahs-munozalarga sabab bo’lgan savol mazmunida ilmiy talqinlar o‘rtasida tafovut mavjudligi, savol tuzilishida aniqlashtirish zarurati borligi sababli pedagog kadrlarning manfaatlarini inobatga olgan holda, testda ushbu savol tushgan pedagoglarning attestatsiya natijalariga tegishli o‘zgartirish kiritish maqsadga muvofiq, deb topildi.
“Bunda ushbu test savol uchun bir nechta javob variantlarni ((A) Langobardlar, B) Vestgotlar) to‘g‘ri deb qabul qilinishi hamda o‘quv adabiyotlari mazmunini aniqlashtirish bo‘yicha ilmiy-metodik ishlar tashkil etilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
111526
Jamiyat
94620
Jamiyat
90605
Jamiyat
75028
Jamiyat
//
Izoh yo‘q